Mbappe joriy mavsum ushbu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Khoja
17 apr 2024, 10:37
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kechagi uchrashuvda dubl qayd etdi va mavsumdagi 40-goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Kilian Yevropa chempionatlarida harakat qilayotgan futbolchilar orasida birinchi bo'lib ushbu natijaga erishdi. Mbappedan boshqa hech bir futbolchi joriy mavsum 40 ta gol urishga erishmadi.

Ma'lumot uchun, Mbappe gollarining 24 tasini Liga 1 chempionatida urgan. Shuningdek uning hisobida ECHLda 7 ta, Fransiya kubogida 8 ta va mamlakat superkubogida 1 ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com