Mbappe: "JCH finalidagi mag'lubiyatni hech qachon hazm qila olmayman. Lekin buning PSJga aloqasi yo'q, biz barcha sovrinlarni Parijga qaytaramiz"

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022, 17:23
Kilian Mbappening fikricha, JCH-2022 finalidagi mag'lubiyat uning PSJdagi o'yiniga ta’sir qilmasligi kerak.

Kecha PSJ "Strasburg"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi, Mbappe gol urdi.

"Shaxsan men hech qachon [JCH-2022 finalidagi mag'lubiyatni] hazm qila olmayman. Imkon qadar ijobiy energiya bilan qaytishga harakat qildim. Men jamoaga impuls berishni va biz hali ham engilmas bo'lgan mavsumda g'alaba qozonishni xohlardim. Jahon chempionati o'tdi, ammo klubning bunga aloqasi yo'q.

Oddiy murojaat etmoqchiman – terma jamoada nima bo'lishidan qati nazar PSJ boshqa va men barcha sovrinlarni poytaxtga qaytarishga qatiy qaror qildim", – dedi PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport