Mbappe YCHLdagi omadsizlikdan keyin "Real"ni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026, 12:45
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasining 8-turida "Benfika"ga qarshi o'yindan keyin jamoa o'yinini tanqid qildi.

"Qaymoqranglar" 2:4 hisobida mag'lub bo'lib, turnirning 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

"Bizga barqarorlik yetishmayapti, buni tuzatish kerak. Har ikkinchi o'yinda yaxshi o'ynash kerak emas, chempion jamoalar bunday o'ynamaydi. Umumiy bosqichni qaysi o'rinda yakunlagan bo'lsak, shu o'ringa loyiq edik", – dedi futbolchi.

Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra "Real" 9-o'rinni egalladi. "Qirollik klubi" 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqishi uchun bor-yo'g'i 1 ochko yetmadi. Endi jamoa o'tish o'yinlarida ishtirok etishga majbur.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS