Mbappe Deshamdan keyin kim Fransiya termasini boshqarishi kerakligini aytdi

Administrator
18 mar 2025, 23:45
Kilianning tanlovi mantiqiy bo'ldi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Dide Desham iste'foga chiqqanidan keyin termani kim boshqarishi kerakligini aytdi.

"Zinedin Zidan! Biroq, men avval aytganimdek, buni Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo hal qiladi. Bu uning vazifasi. Ko'ramiz, u qanday mezonlarga tayanadi va kimni bu lavozimga loyiq deb topadi", -deydi Kilian Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Dide Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Fransiya terma jamoasidan ketishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Le Parisien