Mbappe ajoyib natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
26 mar 2019, 20:51
Fransiya - Islandiya (4:0) termalari uchrashuvida Kilian Mbappe gollarning urilishida o'z hissasini qo'shdi.

Forvard gol urdi va ikki bora hammuallif bo'ldi. Kilian statistikaga ko'ra, PSJ va Fransiya termasi tarkibidagi barcha o'yinlarida har 83,5 daqiqada gollarda qatnashmoqda.

Mbappe faoliyati davomida 169 o'yinda qatnashib, 91 gol urdi va 48 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal