Mbappe 6 yil ichida ilk bor PSJda zaxirada qoldirildi va maydonga chiqmadi

Alisher
11 fev 2024
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Lill" (3:1)ga qarshi Liga 1 21-tur doirasidagi o'yinni zaxiradan kuzatdi.

25 yoshli francuz parijliklar tarkibida faoliyatida uchinchi bor Fransiya chempionati doirasidagi o'yin qaydnomasiga kirdi va maydonga tushmadi. U bunga qadar "Nant" (2017 yil noyabr) va "Monako" (2018 yil aprel) bilan o'yinlarda zaxirada qolgandi.

Mbappe 2023/24 yilgi mavsum PSJ tarkibida Liga 1da 19ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta assist qayd etdi.

PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida 21ta o'yinda 50 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Opta