

Ayni paytda mankunianliklar APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi va eng yaqin taqibchisidan bir ochkoga oldinda bormoqda.
"Bu to'rt o'yinning har biri o'ziga xos tarzda kechdi va biz vazminlikni saqlab qolmoqdamiz. Men jamoa muvaffaqiyat kalitini topdi, deb o'ylamayman. G'alabalardan zavq olish juda muhim - biz aynan shuning uchun mehnat qilamiz. Emociyalarni his qilmasdan turib, barchasi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Axir, asosiy maqsadimiz - g'alaba qozonish. Eng muhimi, har bir yutuq ortida qanchalik katta mehnat va tayyorgarlik turganini anglashdir. Bu darajada g'alaba qozonish har doim mushkul vazifa bo'lib qoladi. Shuning uchun keyingi o'yinda hammasi o'z-o'zidan ijobiy hal bo'lib ketadi, deb o'ylash mumkin emas", - dedi Kerrik.



