Maxrez: “Liverpul” bizdan nafratlanadi. Ularning joniga tegdik”

Eldor Akmurzayev
23 may 2022
“Man Siti” vingeri Riyod Maxrez APL chempionligi qo'lga kiritilgandan keyin asosiy raqobatchi “Liverpul” haqida fikr bildirdi.

“Liverpul” – qoyilmaqom jamoa. Bilaman, ular bizdan nafratlanadi. Ularning joniga tegdik, sababi ular biz bo'lmaganimizda har yili barcha sovrinlarni yutishardi, ammo biz shu yerdamiz va hech qaerga chekinmaymiz. Keyingi mavsum ham shu tempda davom etamiz”, deydi Maxrez.

Eslatib o'tamiz, jazoirlik futbolchi 4-marotaba APL tituli sohibiga aylandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Canal+