Mavsumoldi repeticiyada “Barselona” Rafinyaning chiroyli goli evaziga “Real”ni engdi

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2022, 10:15
AQSHda navbatdagi “El Klasiko” bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda “Barselona” 1:0 hisobida “Real”ni taslim etdi. Yagona gol 27-daqiqada Rafinya tomonidan uzoq masofadan chiroyli tarzda urildi.

Robert Levandovski kataloniyaliklar safida norasmiy debyutini o'tkazdi va 2-taymda almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" keyingi nazorat bahsini 27 iyul 05:30 da “Yuventus”ga qarshi o'tkazadi. Shu kuni 07:30 da madridliklar “Amerika” (Meksika)ga qarshi maydonga chiqadi.

"Real Madrid" Ispaniya – "Barselona" Ispaniya 0:1

"Allegiant Stadium"

Gol: 0:1 – 27 Rafinya.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba (Nacho, 46), Militao (Valexo, 62), Ryudiger (Mendi, 46), Valverde (Modrich, 46), Chuameni (Kroos, 46), Kamavinga (Kazemiro, 46), Vaskes (Odriosola, 71), Azar (Asensio, 46), Vinisius Junior (Mariano Dias, 70), Rodrigo (Sebalos, 70).

"Barselona" – ter Stegen (Penya, 62), Arauxo (Dest, 63), Kristensen (de Yong, 46), Erik Garsiya (Pike, 63), Alba (Balde, 46), Buskets (Niko Gonsales, 63), Pedri (Serji Roberto, 63), Gavi (Kessie, 46), Levandovski (Obameyang, 46), Rafinya (Depay, 63), Fati (Dembele, 46).

Ogohlantirishlar: Kristensen (34), Alba (43), Buskets (54), Vaskes (65), Kessie (74).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia