Mavsum yakunlariga ko'ra LaLiganing ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
22 may 2019, 02:05
Marca nashri Ispaniya chempionatining 2018/19 yakunlariga ko'ra, mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Mavsum termasi muxlislarning ovoz berishiga ko'ra tuzildi. So'rovnomada 60 mingdan ziyod muxlis qatnashdi va poziciyalar bo'yicha eng ko'p ovoz (77 foiz) Barselona sardori Lionel Messiga berildi. Umumun foydalanuvchining 59 100 nafari - darvozabonlar; 58 800 nafari - himoyachilar, 57 700 nafari - yarim himoyachilar va 57 900 nafari esa - xujumchilar ichidan eng yaxshilarini tanlashdi 

Darvozabon – Yan Oblak (Atletiko, 49 % ovoz) 

Himoyachilar – Dakonam Jene (Xetafe, 11); Jerar Pike (Barselona, 62); Xordi Alba (Barselona, 8);  

Yarim himoyachilar – Pablo Sarabiya (Sevilya, 13), Daniel Parexo (Valensiya, 24), Rodri (Atletiko, 18), Ivan Rakitich(Barselona, 17) 

Hujumchilar – Yago Aspas (Selta, 8), Karim Benzema (Real, 9), Lionel Messi (Barselona, 77).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca