Mavsum davomidagi eng ko'p tomoshabin Superliganing 18-turiga keldi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025
Bu haqda PFL matbuot xizmati ma'lum qildi.

18-tur o'yinlarini tomosha qilish uchun umumiy hisobda 57297 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu ushbu mavsumdagi eng katta ko'rsatkich sanaladi.

Quyida ortda qolgan tur o'yinlariga qancha tomoshabin kelganini ko'rishingiz mumkin:

"So'g'diyona" 2:0 "Mashal". Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadioni: 1191 nafar muxlis

"Neftchi" 1:0 "Nasaf". Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni: 14502 nafar muxlis

"Dinamo" 1:1 "Paxtakor". Samarqanddagi "Dinamo" stadioni. 12105 nafar muxlis

OKMK 0:0 "Qizilqum". Olmaliqdagi OKMK sport majmuasi. 1326 nafar muxlis

"Andijon" 0:1 "Navbahor". Andijondagi "Bobur Arena". 19965 nafar muxlis

"Sho'rtan" 1:2 "Qo'qon-1912". G'uzordagi "Markaziy" stadioni. 4511 nafar muxlis

"Buxoro" 1:1 "Xorazm". Qarshidagi "Markaziy" stadioni. 453 nafar muxlis

"Surxon" 3:1 "Bunyodkor". Termizdagi "Surxon Arena". 3244 nafar muxlis


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz