Mavritaniya prezidenti o'yinning 63-daqiqasida penalti tepishni buyurdi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2015, 15:37
Mavritaniya superkubogi uchun bahs 63-daqiqada penaltilar seriyasi bilan yakunlandi.

Bu qarorni uchrashuvni stadiondan tomosha qilgan mamlakat prezidenti Muhammad Uld Abdel-Aziz qabul qildi.

Xabar berishlaricha, davlat rahbari ikkinchi bo'lim tugashini kutmay penaltilar seriyasini boshlashni buyurdi. Abdel-Azizning bundanda muhim ishlari bor edi, shu sababli bahs 1:1 hisobida to'xtatildi.

Bundan tashqari, prezidentga o'yinning tempi yoqmagan, ammo Mavritaniya futbol federatsiyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, qaror murabbiylar va klub prezidentlari bilan bo'lgan muzokaradan so'ng qabul qilingan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian