Mauro Ikardi qaysi klubga o'tishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi

13 avg 2019, 09:50
Ikardi “Inter”dan ketadi.

Mauro Ikardi Milan klubidan faqat “Yuventus”ga o'tishni xohlamoqda. Argentinalik hujumchining xizmatlariga ayni damda “Yuventus”dan tashqari, “Monako”, “Napoli” hamda “Roma” qiziqish bildirmoqda. 

“Napoli” Ikardi uchun 55-60 mln evr taklif qilishga tayyor, biroq “Inter”ni bu summa qoniqtirmaydi.

Ikardi o'tgan mavsum “Inter” safida 37 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Italia