Maunt yana bir mavsum "Chelsi"da qolishga tayyor

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2023, 11:33
Uni sotish masalasi haligacha hal etilmagan.

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt o'z jamoasining mavsumoldi yig'inida qatnashadi, deb xabar berdi "The Telegraph". 

"Ko'klar" yarim himoyachi uchun kamida 65 mln funt talab qilmoqda. Biroq bir yildan so'ng erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun hech kim bunday pul to'lamoqchi emas.

Meyson Maunt "Chelsi" safida 195 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 37 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U londonliklarga 2021 yilda Chempionlar Ligasini yutishda yordam bergan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph