

Sky Sports xabariga ko'ra, MYU tez orada Chelsi o'yinchisi bilan 2028 yilgacha – 5 yillik shartnoma imzolagani haqida rasman e'lon qiladi. Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, manchesterliklar 24 yoshli xavbek transferi uchun 55+5 million funt to'laydi. Angliyalik o'yinchining MYUdagi haftalik maoshi 250 ming funtni tashkil etishi xabar qilingan.



