
Germaniya Jahon chempioni bo'lishga loyiqmi? Kimdir mundialda nemislardan kuchliroq jamoani ko'rdimi? O'ylashimcha musobaqada raqibidan yaqqol ustun bo'lgan jamoa yo'q. Gollandlar ispanlarga qarshi yaxshi o'ynashdi, ammo keyinroq o'z o'yinlarini pasaytirib yuborishdi. Braziliya Kolumbiyaga qarshi birinchi bo'limni ajoyib o'ynab, ikkinchi bo'limda bo'shashdi. Yaxshi jamoalar ko'p, ammo yaqqol kuchli jamoa yo'q, - deydi Matteus Marca nashriga.