Matteus: "Flik yozda Germaniya terma jamoasini qabul qilib oladi"

Alisher
14 apr 2021
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" sobiq himoyachisi Lotar Matteus myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajagi haqida gapirdi.

"PSJga qarshi o'yin - Flikning "Bavariya" murabbiyi sifatida Chempionlar Ligasidagi so'nggi o'yini. Xans-Diter Germaniya terma jamoasi uchun bosh murabbiyligi uchun bosh davogar hisoblanadi.

U yozda shartnomaga imzo chekishi kerak", - deydi Matteus.

Flik Myunxen grandini 2019 yilning noyabridan beri boshqaradi. Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasini ayni damda Ispaniyada ishlashni orzu qilayotgan Yoaxim Lyov boshqarmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/swearimnotpaul