Matich "Roma"ga Mourinyu sabab o'tganini tan oldi

Alisher
5 iyul 2022, 10:44
"Roma" yangi o'yinchisi Nemanya Matich Rim klubiga bosh murabbiy Joze Mourinyu sabab o'tganini tan oldi.

Futbolchi 2022 yilning iyunida jamoa bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

"Biz yaxshi tanishmiz va u bilan yana ishlashdan xursandman. Mourinyu sabab shu yerdaman. Men Mourinyu qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchi bo'lishni va Lemparddan o'tib ketishni istardim. Menga "Roma"ning istiqbollari yoqadi", - deydi Matich.

Matich o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.

Matich MYUda 2017 yilning iyulidan beri o'ynayotgandi. U oldinroq Joze Mourinyu qo'l ostida "Chelsi" va MYUda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ITASportPress