

34 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" bilan kelishuv yakuniga etganidan so'ng Rim klubiga bir yillik shartnoma asosida kelib qo'shilgan edi.
Serbiyalik futbolchi agar joriy mavsumda A Seriyada 19 ta o'yinda maydonga tushsa, Joze Mourinyu jamoasida yana 12 oy o'ynash huquqiga ega bo'ladi.
U ushbu mavsumda allaqachon 7 ta bahsda ishtirok etishga ulgurdi. Katta ehtimol bilan Matichning shartnomasidagi ushbu band kuchga kiradi.
Yarim himoyachi Yevropa Ligasi doirasida 2 ta o'yinda ham maydonda ko'rinish berdi.



