

- Jamoadoshingiz Eldor Shomurodov aqlbovar qilmas natijalar qayd etmoqda. U allaqachon 10ta gol urgan holda, to'purarlar poygasida oldinda bormoqda. Uning natijalari haqida nima deya olasiz?
- Men Shomurodovni Rossiya chempionatidagi eng zo'r forvard deb bilaman. U joriy mavsumning deyarli har bir o'yinida gol urmoqda. U yaxshi natijalarga ega va Eldor jamoamiz uchun juda ham foydali o'yinchi. U ajoyib futbolchi, - deydi Normann.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasining ushbu mavsumida 12ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishgan.




