Mateu Laos "El Klasiko"ni boshqaradi

Alisher
7 apr 2021, 18:01
La Liga 30-tur doirasidagi "Real" - "Barselona" o'yinini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi.

Klasikoda Mateu Laos brigadasi ishlaydi. Sesar Soto Grado esa videoassistent hakami bo'ladi.

Dastlab hakamlar qo'mitasi o'yinga Rikardo Bengoechea yoki Xose Munueru Monteroni tayinlashmoqchi edi, ammo yakunda Laos tanlandi.

O'yin 10 aprelda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca