“Match TV” hozirda to'xtatilmagan 2 chempionatning translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
21 mar 2020, 22:05
Avvalroq, Rossiya kanali Belarus yuqori ligasi yangi mavsum o'yinlarini translyatsiya qilishini e'lon qilgandi.

Bugun esa “Match TV” Avstraliya chempionati (Liga-A) uchrashuvlarini mavsum oxirigacha namoyish qilish huquqini sotib oldi.

23 mart kuni “Match! Futbol 1” orqali Liga-A doirasida bo'lib o'tadigan “Nyukasl Djets” – “Melburn Siti” (Toshkent vaqti bilan 13:25 boshlanadi) va “Pert Glori” – “Vestern Yunayted” (15:25) bellashuvlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, Belarus chempionati ishtirokchisi “Energetik-BGU” safida o'zbekistonlik ikki futbolchi Jasurbek Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov harakat qiladi.

Avstraliya chempionatining 24 tur bahslaridan keyin esa “Sidney” klubi 48 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Матч ТВ