Matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev bilan Sherzod A'zamov ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2017, 11:41
Bugun “Bunyodkor” stadionining konferenciyalar zalida Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Soat 12:00da boshlanadigan o'yinoldi matbuot anjumanining dastlabki qismida “Al-Hidd” jamoasining bosh murabbiyi Muhammad Alshamlan va jamoa himoyachisi Said Muhammad Adnanlar ishtirok etishadi.

Matbuot anjumaning navbatdagi qismida esa “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoamiz sardori, himoyachimiz Sherzod A'zamovlar ishtirok etishadi.

Akkreditatsiyadan o'tgan jurnalistlarni matbuot anjumaniga taklif etib qolamiz.

"Nasaf" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia