Mata: "Bizga shunday g'alaba kerak edi"

Mirjalol Normatov
7 okt 2018, 11:46
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ispaniyalik yarim himoyachi jarimadan gol kiritgan holda hisobni qisqartirishni uddalagandi.

"Bizga shunday g'alaba kerak edi. O'yinga qaytish juda ham qiyin bo'ldi. Biroq yaratgan vaziyatlarimizdan kamroq gol kiritdik. Uchrashuvda g'olib bo'lish uchun bor kuchimizni sarfladik. Ikkinchi bo'limda yo'qotadigan hech narsamiz qolmagandi. Raqibdan har tomonlama ustun bo'ldik. Futbolda natija barchasini yo'lga tushirib yuboradi", - dedi Mata.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ВВС