Massimiliano Allegri Ronalduning eng kuchli jihati haqida aytib o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 mar 2021, 20:11
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu ham odam, u ham xato qilishi mumkin. Biroq kamdan-kam futbolchi himoyachidan qutilib darvoza tomon u kabi oshiqadi. Krishtianuning kuchi uning ongi g'alabalar uchun "dasturlashtirilgan". Ronaldu 5 bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan, YCHL bosh sovriniga ko'p bor ega chiqqan va boshqa ko'plab sovrinlarni yutib olgan, lekin shunda ham har kuni u o'zini ruhlantirish yo'lini topa oladi.

U bilan birga o'ynaydigan futbolchilar, portugaliyalik bo'shatib bergan hududni kimdir to'ldirishi zarurligini bilishlari lozim. Bechora Mandjukich, Ronaldu bilan birga o'ynaganda, bir yilda butun faoliyatidagidan ko'proq masofani yugurib o'tdi. Menga Mandjukich yoqadi, u fantastik futbolchi", – dedi mutaxassis Sky Sport Italia efirida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru