Massimiliano Allegri: "Mundialda ishtirok etgan futbolchilar bir hafta oldin jamoaga qo'shilishdi"

Tolibjon Qosimov
5 avg 2014, 15:32
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining takidlashicha, jamoa so'nggi hafta juda yaxshi shug'ullandi.
"Mundialda ishtirok etgan futbolchilar bir hafta oldin jamoaga qo'shilishdi, ammo yaxshi mashg'ulot o'tkazishdi. Biz jismonan qanday shug'ullangan bo'lsak, taktika bilan ham shunday ishladik. Pogba? Uni hujumda faol ishlatishga harakat qilyapman. U va Vidal "Yuventus"da ekanliklaridan baxtli" - deydi mutaxassis.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru