Massimiliano Allegri: Endi Yevropa Yuventusni hurmat qiladi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2017
Yuventus ustozi Massimiliano Allegri Barselona ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Ajoyib o'yin o'tkazdik. Hujumda ham, himoyada ham yaxshi o'ynadik. Yarim final sari birinchi qadamni tashladik, ikkinchi bahs boshqacha bo'ladi. Barselonada gol urishimiz kerak.

Men orzu qilaman, ammo pragmatik va realistman. Yuventus Yevropani hurmat qiladi, endi Yevropa ham Yuventusni hurmat qiladi. Bu uch yil ichidagi eng yaxshi natijam.

Dibala o'zining yuqori saviyasini ko'rsata oldi. Uning hujumdagi harakatlari qoyilmaqom chiqdi, – deydi Allegri.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net