Maskerano: "Qo'limni kesib tashlay olmayman"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano "Vilyarreal"ga qarshi Ispaniya chempionati 17-tur uchrashuvida (1:1) sodir bo'lgan vaziyatlarning biriga izoh berdi.

Raqib futbolchisining zarbasidan so'ng to'p jarima maydonchasi ichida turgan Maskeranoning qo'liga tegdi. Hakam ko'k-anorranglilar darvozasiga penalti belgilamadi.

"Endi bizda qancha ursak shuncha o'tkazib yuboradigan davr keldi. Biz o'z o'yinimizni kuchaytirishda davom etishimiz lozim. Jurnalistlar bazi vaziyatlarni qo'l bilan o'ynashga tenglashtirib yuboradi. Qo'limni kesib tashlay olmayman. Buni atayin qildimmi, yo'qmi, shunga qarab hal qilishsin. Agar futbolchi atayin qo'l bilan o'ynashi, boshqa ish" - deydi Maskerano.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca