Maskerano murabbiylik faoliyatini boshlaydi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021, 09:05
“Barselona” va “Liverpul” sobiq a'zosi Xaver Maskerano tez orada Argentina U-20 termasi ustoziga aylanadi.

37 yoshli Maskerano ushbu lavozimda Fernando Batistaning o'rnini egallaydi. Batista esa o'z navbatida Venesuela TJ ustozi Xose Pekermanning murabbiylar shtabida ish boshlaydi.

Xaver Maskerano o'tgan yilning noyabrida futbolchilik faoliyatini yakunlandi. U 2021 yil yanvarida Argentina futbol assotsiatsiyasining metodologiya va rivojlanish departamenti boshqaruvini olgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru