Masharipovga Saudiya Arabistoni klubidan rasmiy taklif keldi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2020, 15:49
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi legionerga aylanishi mumkin.

Championat.asia ma'lumotiga ko'ra, Jaloliddin Masharipovni transferi borasida Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubidan "Paxtakor"ga rasmiy taklif kelgan. Hozircha "Sherlar" bu taklifga qanday javob qaytarishlari ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" yakunlangan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Bu klub safida Abdulrazzoq Hamdallah, Nurdin Amrabat, Bred Jons, Maykon va Kim Jin Su kabi legionerlar bor. Jamoa ustozi portugaliyalik Ruy Vitoriya.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia