Masharipovda 59, Turg'unboevda 29. Shomurodovda esa 39

Narzulla Saydullayev
26 mar 2024, 13:50
Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Gonkong bilan to'qnash keladi.

Mazkur bahs ikki futbolchimiz uchun yubiley o'yiniga aylanishi mumkin. Agar bugun Azizbek Turg'unboev maydonga tushsa terma jamoa libosida 30-bor o'ynagan bo'ladi. Jaloliddin Masharipov hisobida terma jamoa safida hozircha 59 ta uchrashuv bor. Demak bugungi o'yin Masharipov uchun 60-bahsga aylanadi.

Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovdan esa boshqacha yubiley kutilmoqda. "Kalyari" hujumchisi o'tgan hafta terma jamoa tarkibidagi o'zining 70-uchrashuvini o'tkazdi va 39-golini urdi. Demak navbatdagi gol Eldor uchun yubiley gol bo'ladi.

Shuningdek, safarda Gonkongga qarshi bahsda Odiljon Hamrobekov (50) va Abduqodir Husanov (10) o'zlarining yubiley o'yinlarini o'tkazishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia