Masharipov ertadan "Istiqlol" mashg'ulotlariga qo'shiladi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" jamoasining seshanba kungi mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

Bu haqda Vananews xabar berdi.

Yarim himoyachi diskvalifikaciya tufayli Eron terma jamoasiga qarshi o'ynay olmaydi va shu sababli ertadan boshlab jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

Eron Pro ligasining 24-turi doirasida “Ozodi” stadionida “Istiqlol” “Xeybar Xurramobod” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vananews