Masharipov: "120 daqiqa ichida g'alaba qozonishga harakat qildik"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2019, 17:00
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi nimchorak final o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ushbu bahsdan oldin o'yinda yutqazmasligimizni bilgan edik. Penaltilar seriyasi bu - lotereya. 120 daqiqa ichida g'alaba qozonishga intildik, ammo buni uddalay olmadik. Hozirgi tarkib bilan bundan ham yaxshi o'yin ko'rsata olar edik.
Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik? Ha, tayyorlandik. Har bir mashg'ulotdan o'ng 11 metrlik jarima zarbalari mashq qilardik" - deydi Masharipov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia