"Mashal"ning safar o'yinlaridagi "quruq" seriyasi 322 daqiqaga etdi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014, 12:08
Muborakning "Mashal" klubi kecha Farg'onada "Neftchi" bilan durang o'ynadi - 0:0.
E'tiborlisi, Aleksandr Xomyakov shogirdlari safardagi ketma-ket uchinchi o'yinda gol o'tkazishmadi. Umuman olganda "Mashal" bu mavsum safarda faqat bitta to'p o'tkazishdi xolos. Bu voqea 1-turdan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Mashal" uchrashuvida kuzatilgandi. O'yinning 38-daqiqasida Suxrob Berdiev muborakliklar darvozasini ishg'ol qilgandi.

Shunday qilib, "Mashal" klubi safarda 322 daqiqa davomida gol o'tkazmadi.

"Mashal"ning 2014 yil safardagi o'yinlari:

"So'g'diyona" - "Mashal" 1:1
"Andijon" - "Mashal" 0:1
"Qizilqum" - "Mashal" 0:0
"Neftchi" - "Mashal" 0:0

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia