"Mashal"ning besh nafar tarbiyalanuvchisi O'zbekiston (U-19) tarkibida

Shu kunlarda 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz Turkiyada yig'in o'tkazmoqda.
Hozircha termani Aleksey Evstafeev boshqarib turibdi, biroq bu murabbiyning tez orada ishdan kyetishi kutilyapti.

Turkiyadagi yig'inga jami nechta futbolchi olib ketilgani ma'lum emas. Lekin biz uchun shunisi aniqki, bu yig'inga “Mashal” tarbiyalanuvchilaridan besh nafari chaqirilgan.

Bular – Asliddin Abdiev, Sherzod Abduraimov, Eldor Shomurodov, Maqsud Mahmudov va Durbek Kamolov. Ayni paytda Maqsud Mahmudov bilan Durbek Qamolov “Sho'rtan” safida shug'ullanayotgani bilan aslida “Mashal” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Manba: fcmashal.uz