“Mashal”ga OFK va O'FF mutaxassislari tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2017, 20:23
Bugun 15 oktyabr, yakshanba kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov “Mashal” stadioniga tashrif buyurdi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi marketing boshqarmasi  boshlig'i  Baxtiyor Mametov hamroxligida tashrif buyurgan OFK vakili “ Mashal ” stadioni hamda “ Mashal ” Professional Futbol Klubi qoshidagi “Bolajon Bolalar Bog'i”, “Yoshlar sport majmuasi”, Bollar va O'smirlar Futbol maktabi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so'ng, klub va stadion marketing xizmati xodimlari, matbuot xizmati, buxgalteriya, tashkiliy ishlar bo'limi va boshqa xodimlar bilan davra suhbati o'tkazildi. Unda, Elnur Mamedov “ Mashal ” klubi va stadioni xodimlari olib borayotgan ishlar haqida so'radi, kamchiliklar va muammolar muhokama qilindi. OFK vakili marketing ishlarini rivojlantirish borasida o'zining qimmatli maslahatlarini berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz