"Mashal" yarim himoyachisi Malayziya klubiga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2016, 17:58
Muborakning "Mashal" klubi yarim himoyachisi Sirojiddin Rahmatullaev faoliyatini xorijda davom ettiradi.

1993 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Malayziya Premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan ATM klubiga ko'chib o'tdi. Futbolchi ushbu jamoa bilan yarim yillik shartnoma tuzdi. Ma'lumot uchun, Rahmatullaev birinchi davrada oliy ligada bitta o'yinda zaxiradan maydonga tushgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia