Ushbu turda muborakliklar kelasi yil Oliy ligada qatnashish huquqini muddatidan avval hal qilishlari ham mumkin edi. Ammo "Quqon-1912" jamoasi g'alaba qozongani uchun bu keyingi turga qoldi.
Jamoa keyingi 12-tur uchrashuvini ham o'z maydonida o'tkazadi. Ular 6 oktyabr yakshanba kuni "Kosonsoy" jamoasini qabul qilishadi.
"Mashal" jamoasi keyingi turda g'alaba qozonsa, jamoa Oliy liga yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kiritishi mumkin. Chunki quyi ligadan Oliy ligaga chiqish uchun faqat ikki jamoaga imkon berilishini hisobga olsak "Andijon" jamoasidan tashqari biron jamoa "Mashal"ni bu imkoniyatdan mahrum qila olmaydi. Shuningdek bugun "Andijon" jamoasi ham "Zarafshon-NCZ"ga yutqazib qo'ydi.
Shunday qilib, bugungi turdan so'ng "Mashal" hisobida 63 ochko bor, "Andijon" jamoasi 56 ochko to'plab, ikkinchi pog'onani band etib turibdi. 3-o'rinda borayotgan "Quqon-1912" jamoasi hisobida esa 49 ochko bor.
O'zbekiston birinchiligi 2-bosqichi taqvimi bo'yicha 5ta tur uchrashuvlari qoldi. "Mashal" jamoasi shu qolgan 5 turning uchta uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. Quyida qolgan uchrashuvlarda "Mashal" jamoasiga qaysi jamoalar raqiblik qilishini e'tiboringizga havola qilamiz.
12-tur. 6 oktyabr (yakshanba)
Mashal - Kosonsoy
13-tur. 13 oktyabr (yakshanba)
NBU-Osiyo - Mashal
14-tur. 16 oktyabr (chorshanba)
Istiqlol - Mashal
15-tur. 24 oktyabr (payshanba)
Mashal - Oqtepa
16-tur. 27 oktyabr (yakshanba)
Mashal - Paxtakor-2
Biz muxlislar "Mashal" jamoasini kelgusi yilgi mavsumda Oliy ligada ko'rishni juda hohlaymiz. jamoaga esa qolgan uchrashuvlarda ham ijobiy natijalarni qo'lga kiritishlarini istab qolamiz.