"Xorazm" safarda "Mashal"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Khoja
17 okt 2025, 18:55
Superliganing 25-turida "Mashal" - "Xorazm"ga qarshi bahsi bo'lib o'tdi.

Jamoalar tarkibi bilan tanishing

"Mashal" – "Xorazm" 0:3

Gol: 18 - Ergash Ismoilov (avtagol), 45+3 - Rustam Abduhamidov (Sunnatulla Abdullajonov), Shahrom Samiev 73.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Feruzbek Xidoyatov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Feruz G'aniev

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov, 10.Humoyun Murtozaev (s), 17.Anvar Murodov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo'raev (15.Muhammadali Aliqulov,  46), 37. Sherzod Fayziev, 57.Aminu Umar (19.Islom Sharipov, 44), 80.Dmitriy Yashin

Zaxira: 75.Kamronbek Xamroev, 6. Javohir Abdualimov, 13. Nuriddin Nuridinov, 24. Avazxon Mamatxo'jaev, 27.Zafarbek Akramov, 66.Diyorbek Mamataliev, 77. Jamshid Hasanov.

"Xorazm": 39.Artyom Potapov, 15.Vladimir Bubanya (s), 6.Abbos Otaxonov, 8.Hazrat Tursunqulov, 9.Jasur Azimov, 10.Murod Bobojonov (99.Shahram Samiev.69) 11.Humoyunmirzo Iminov, 18.Iskandar Shayqulov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, , 77.Sunnatulla Abdullajonov (7.Temur Ismoilov,69), 94.Rustam Abduhamidov.

Zaxira: 13.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultonov, 4. Farruxjon Ibrohimov, 5. Dilshod Jo'raev,  20.Danila Ejov, 22.Asadbek Saitxonov 79.Aziz Ahrorov, 



Ogohlantirish: 53 - Samandar Ochilov, 61 - Murod Bobojonov, 86 - Javohir Abdualimov, 86 - Ergash Ismoilov

90+4. Uchrashuv yakunlandi. Yakuniy hisob 0:3!

90+4. Uchrashuvga to'rt daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88. Islombek Baratovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi

87. Iskandar Shoyqulov o'rniga Ravshan Sultonov o'yinga qo'shildi.

86. Ogohlantirish. Javohir Abdualimov ham ogohlantirildi.

85. Ogohlantirish. Ergash Ismoilov sariq kartochka bilan jazolandi.

82. Jamshid Hasanov o'ta qulay vaziyatdan noto'g'ri zarba berdi. Diyorbek Mamatalievning qanotdan amalga oshirilgan pasi samarasiz bo'ldi.

80. "Xorazm" safida o'zgarish. Dilshod Jo'raev va Danila Ejov, Jasur Azimov va Rustam Abduhamidov o'rniga maydonga tushdi.

74. Sardor Abduraimov o'z o'rnini Javohir Abdualimovga bo'shatib berdi.

74. Sherzod Fayziev o'rniga Diyorbek Mamataliev o'yinga qo'shildi.

74. Samandar Ochilov o'rniga Jamshid Hasanov maydonga tushdi.

73. GOOOL. Rustam Abduhamidovning qanotdan amalga oshirgan pasini Shahrom Samiev darvozaga joylab qo'ydi, hisob 0:3! 

69. Ismoilov va Samiev maydonga tushdi, ular Bobojonov va Abdullaevni alishtirdi

65. Islom Sharipov hisobni qisqartirgandi, biroq u ofsaydda qolib kyetibdi

62. Iminovdan ajoyib uzatma, biroq bu safar Abduhamidovning zarbasi noaniq ketdi

61. Ogohlantirish. Bobojonov xavfli o'yin ko'rsatgani sababli ogohlantirildi

53. Ogohlantirish. Ochilov maydon markazidagi qo'poligi uchun ogohlantirildi

46. Jo'raboevning o'rniga Aliqulov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+3. GOOOL. Yana Abdullajonovning harakatlaridan so'ng mehmonlar hisobni o'zgartirishdi. Bu safar Abduhamidov o'z imkoniyatidan unumli foydalandi

44. Umar jarohat oldi, uning o'rniga Sharipov tushdi

39. Bobojonovning super uzatmasidan so'ng Abdulhamidov darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Mezbonlar darvozabonidan super seyv

31. Yashinning boshi bilan yo'llagan zarbasi mehmonlar himoyachisining qo'liga tegdi, biroq hakam VARdagilar bilan gaplashib, penaltiga asos yo'q deb hisobladi

30. Potapov uzoq masofadan yo'llangan zarbani qiyinchilik bilan qaytardi

18. GOOOL. Mezbonlar hujum qilishdi, mezbon futbolchisi gol urdi, biroq hisobda mehmonlar oldinga chiqib olishdi. Abdullajonovning uzatmasidan so'ng mezbonlar himoyachisi Ismoilov o'z darvozasiga gol urib qo'ydi.

16. Ochilovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Potapov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Mezbonlarda burchak zarbasi

8. Murodovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi

5. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarda mezbonlar hujum tashkil qilishmoqda. Hozircha muborakliklar ikkita aniq zarba yo'lladi, biroq har ikkisi ham juda sekin chiqdi

UCHRASHUV BOSHLANDI

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia