"Mashal-W" mavsumni yakunladi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2015, 20:33
Bugun ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasida tur bahslari bo'lib o'tdi.

"Mashal-W" safarda Navoiyning "Guli"siga qarshi o'yin o'tkazdi va kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahrom Norsafarov jamoasi ushbu natija bilan 2015 yilgi ayollar Oliy liga chempionatini yakunladi. Bugun bo'lib o'tgan 22-tur uchrashuvida yagona golni Malika Burxonova kiritdi.


Ayollar jamoamiz O'zbekiston chempionati bahslarida 22-turdan so'ng 12 jamoa ichida 36 ochko to'plagan holda beshinchi pog'onani egalladi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcmashal.uz