"Mashal": Ukrainalik hujumchi ko'rikdan o'ta olmadi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014, 18:16
"Mashal" boshlanajak ikkinchi davra uchun o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olishni maqsad qilgan edi.
Jamoamizning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Ukrainadan legioner taklif etdi. Evgeniy Rodionov Ukraina fuqorosi va mamlakat birinchi ligasida harakat qilib kelgan bo'lib jamoamizga ko'rik uchun taklif etildi.

"Mashal" mashg'ulotlarida bir hafta ishtirok etgan futbolchi murabbiylarda iliq taassurot qoldira olmadi va jamoaning keyingi yig'iniga taklif etilmadi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" ikkinchi  davra uchrashuvga tayyorgarlikni 2 iyul kunidan boshlaydi. Shu kuni jamoamiz tibbiy ko'rikdan o'tib, Toshkent viloyatida o'n kunlik yig'in o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz