

Tayyorgarlik Bahrom Vafoev nomidagi stadionda kuniga bir mahaldan tashkil etiladi. Ayni paytga kelib jamoa tarkibida barcha futbolchilar optimal holatdalar. Oliy liganing o'tkazilgan 21-turidan keyin jamoa safida diskvalifikaciyaga uchragan hamda jarohat olganlar mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" 22-tur uchrashuvini 16 sentyabr kuni Muborakda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazadi.



