"Mashal" Pro-liga to'purari bilan shartnoma imzoladi

Alisher
1 mar 2022, 18:07
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Muborakning “Mashal” jamoasi o'z tarkibiga Pro-liganing to'purarini qo'shib oldi.

Doston Toshmatov 27 yoshda. 1994 yilning 29 oktyabr sanasida Jizzax viloyati Zomin shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Zomin” jamoasida boshlagan. “So'g'diyona” va “Neftchi” jamoalarida o'ynagan. Doston Toshmatov 2020-yilgi mavsum Pro-liganing to'purari bo'lgan edi. Hujumchi “gazchi”lar safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

"Ochig'i katta futbolni juda sog'indim. Yangi mavsumni boshlanishini shaxsan men intiq bo'lib kutayapman. Bu mavsumni Muborakda o'tkazaman. Men uchun Mashal qiziqarli jamoa, klub rahbariyatining taklifini tez qabul qildim. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi. O'tgan mavsum Mashal uchun yomon boshlanmagan edi. Ammo bu futbol, unda hamma narsa bo'ladi. Bu mavsum hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Men albatta jamoam bilan Super-ligaga qaytaman", - deydi Doston Toshmatov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Машьал" матбуот хизмати