"Mashal": "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda jiddiy yo'qotishlar bor

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 16:37
"Mashal" navbatdagi tur uchrashuvini safarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
23 avgust kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvga "Mashal" tayyorgarlikni Yangiyerda olib bordi va bugun Toshkent shahriga yetib keldi. Bugungi va ertangi mashg'ulotlar ham shu yerda bo'lib o'tadi. Safardagi muhim uchrashuv oldidan jamoamiz safida jiddiy yo'qotishlar bor.

Jumladan navbatdagi uchrashuvda jamoamizda G'iyosjon Komilov, Jamshid Xasanov, Zohir Qo'ziboev ogohlantirishlari soni to'rttaga etgani bois o'tkazib yuboradi. Undan tashqari Sherzod Fayziev ham Milliy terma jamoamiz safidan klubimizga  ertaga yetib keladi. Yoshlar termasi tarkibida bo'lib turgan Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov ham ayni kungacha klubimiz safida bo'lmadi va ertadan qo'shiladi.

Ushbu jiddiy yo'qotoshlar klub yoshlari bilan to'ldiriladi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvi 23 avgust kuni 17:00 da "Paxtakor" stadionida start oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz