"Mashal": "Olmaliq"qa qarshi o'yinda ikkita yo'qotish bilan

Narzulla Saydullayev
2 may 2014, 13:23
Xabaringiz bor, 3 may kuni Bahrom Vafoev nomli stadionda oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Olmaliq" uchrashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvda "Mashal"ga Jahongir Abdumo'minov va Qahramon Bahodirov yordam bera olmaydi. Har ikki futbolchi PFL tomonida O'zbekiston kubogida olingan qizil kartochkasi uchun diskvalifikaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Olmaliq" uchrashuvi 3 may kuni 17:00 da start oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz