"Mashal" ning yirik hisobdagi g'alabalari

17 iyul 2013, 23:55
Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda “Mashal”ning birinchi ligaga oid statistik ma'lumotlarini berishda davom etamiz.
Muborakliklar birinchi liganing dastlabki bosqichida jami 22ta uchrashuvda maydonga tushishdi. Oliy ligaga chiqish uchun yaqqol favorit sifatida qaralayotgan jamoa 22ta bellashuvdan o'ntasida yirik hisobda zafar quchdi.

“Gazchilar” birinchi-ikkinchi turdayoq Buxoroning ikkita jamoasi – “Spartak” bilan “Buxoro-2”ni yirik hisobda mag'lub etishdi. Bundan tashqari, Muborakdan “Xorazm”, “Surxon”, “Registon”, “G'allakor-Avtomobilchi”, “Sherdor” va “Zomin” klublari yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan qaytib ketishdi.

“Mashal” mana shu 10ta yirik g'alabadan sakkiztasini o'z maydonida qayd etdi, ikkitasi esa safarda yuz berdi. Birinchi bosqichda “Mashal”ning eng yirik g'alabasi Jizzaxning “Zomin” jamoasi bilan kechgan bahsda ro'y berdi. Bunda muborakliklar 6:0 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

1- tur.  Mashal  – Spartak  – 3:0 (3:0)
2- tur. Mashal  – Buxoro-2 – 4:0 (1:0)
6-tur. Mashal  – Xorazm  – 4:0 (4:0)
8-tur. Registon – Mashal – 0:3 (1:0)
9-tur. Mashal – Surxon – 3:0 (2:0)
15-tur. Mashal – Registon – 5:0 (3:0)
16-tur. Mashal – G'allakor-Avtomobilchi – 4:0 (1:0)
19-tur. Mashal – Sherdor – 4:1 (1:0)
20-tur. Mashal – Zomin – 6:0 (0:0)
21-tur. Buxoro-2 – Mashal – 0:4 (0:2)

Manba: fcmashal.uz