

Mazkur uchrashuvni Murod Muhamedov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishi haqida ma'lumot bergan edik. 26 avgust kuni bo'lib o'tadigan bu o'yinning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra ertaga bo'lib o'tadigan yoshlar ligasi bahsi 17:00 da start oladi. Asosiy tarkib jamoalar o'yini esa markaziy maydonda 18:00 da boshlanadi.
Oliy liga
26 avgust (chorshanba)
Mashal (Muborak) – Neftchi (Farg'ona) 18:00
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), N. Ro'zimov (Toshkent), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).



