
Mazkur bahsda “mashalchilar” 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Raqib darvozasiga gollarni Mirzohid G'ofurov bilan Bahodir Murtazoev kiritdi. Aleksandr Xomyakov shogirdlari navbatdagi sinov-nazorat bahsini 31 iyul kuni oliy liganing yana bir jamoasi “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazishadi. O'yin Zomindagi stadionda bo'lib o'tadi.