"Mashal": "Navbahor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
Narzulla Saydullayev
3 apr 2017, 12:54
Muborakda "Paxtakor" bilan bo'lib o'tgan dramatik uchrashuvdan so'ng qisqa tatilga chiqqan jamoa futbolchilari bugundan Toshkentda yig'inni boshladi.
"Navbahor"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlik shu yerda olib borilmoqda.
7 aprel kuni bo'ladigan mazkur bahsda jamoaga Jamoliddin Ubaydullaev jarohati tufayli yordam bera olmaydi. Tarkibda boshqa jarohatlangan va yo'qotishlar yo'q.