"Mashal" legioneri bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025
Ganalik futbolchi Salifu Mudasiru "Mashal" safini tark etdi.

Bu qaror bosh murabbiy Asror Aliqulovning taktik rejalariga asoslangan.

"2025 yilgi mavsumning birinchi davrasida "Mashal" jamoasi safida harakat qilgan yarim himoyachi Salifu Mudasiru klubimizni tark etdi. Uning kyetishi bosh murabbiy Asror Aliqulov tomonidan qabul qilingan taktik qarorga asoslangan bo'lib, futbolchining o'yin uslubi murabbiyning yangi sxemalariga to'g'ri kelmadi", – deyiladi xabarda.

28 yoshli Salifu joriy mavsum muborakliklar safida 11 o'yinda maydonga tushib, 3 marta ogohlantirildi. 

Avvalroq "Mashal" Asror Aliqulov bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik. Hozirda jamoani Otabek Narzullaev boshqarmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати